Xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan spartakiada musobaqasi o’tkazildi

Xotin-qizlarni hәr tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni e’zozlash, mustahkam oilalarni shakllantirishdagi, yosh avlodni milliy qadiriyatlarimizga hurmat ruxida tarbiyalashdagi roli va ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, xotin-qizlarning sog’liqlarini mustahkamlash va sportga bo’lgan qiziquvchanliklarini oshirish maqsadida hamda 8 mart – “Xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Xotin-qizlar haftaligi” tadbirlari doirasida O’zbekistaon sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Ayollar spartakiadasi” sport musobaqalari tashkil etildi.

Spartakiada musobaqalari 2023 yil 10 mart kuni Nukus shahridagi Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamotlik salomatlik texnikumining sport bazasida sog’lini saqlash tarmog’idagi oliy va salomatlik texnikumlari hamda tibbiyot kollejlari bilim yurtlarida ishlayotgan xotin-qыzlar ishtirokida sportning armrestling, darts, shashka, voleybol turlaridan o’tkazildi.

Musobaqalarga oliy va salomatlik texnikumlari hamda tibbiyot kollejlari bilim yurtlaridan jami 7 ta komanda ishtirok etdi.

Spartakiada musobaqalari yakunida jamoviy hisobda Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti 1-o’rinni, Nukus tibbiyot kolleji 2-o’rinni va Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi 3-o’rinni  egalladi.

Musobaqaning 1-,2-,3-o’rin g’oliblariga  O’zbekistaon sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tegishli darajadagi diplomlar, medallar, kuboklar, baholi sovg’alar, shuningdek, musobaqa davomida “Eng yoshi ulkan ishtirokchi”, “Eng mohir ishtirokchi”, “G’alabaga bo’lgan intiluvchi ishtirokchi” va “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyalari bo’yicha aniqlangan g’oliblargada baholi sovg’alar topshirildi.