Kibersport maydonida yoshlar bellashuvi

Yoshlar o‘rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kibersportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan kibersport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh mehnatkashlardan iborat 8 ta jamoa o‘zaro bellashib, o‘zlarining mahoratlari, tezkor fikrlash va jamoaviy harakat qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Qizg’in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qoraqalpog’iston hududiy filiali ochiq aktsiyadorlik jamiyati xodimlaridan iborat jamoa g’oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g’oliblari va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, kasaba uyushmalari tomonidan bunday sport tadbirlarining tashkil etilishi yosh mehnatkashlarning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ular o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash hamda zamonaviy sport turlarini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.