11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni rasman e’tirof etilishi munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi tarkibidagi boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotlari a’zolaridan bir qator fidoyi ta’lim va fan xodimlari samarali mehnatlari uchun tantanali ravishda taqdirlandi.
Joriy yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan bayram munosabati bilan tadbir tashkil etilib, tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig’i R.Tanirbergenov, Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig’i B.Akimov, mehnat faxriylaridan R.Abduraxmanov, Z.Esenbaevlar hamda kasaba uyushmasi faollari, qo‘mita raislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi U.Jalmenov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, ularning ta’lim sohasida qilayotgan ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, hurmatli Q.M.Rafikovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng, Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig’i B.Akimov, mehnat faxriysi Z.Qazaqbaevlar so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, tadbirda soha rivojiga, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator kasaba uyushmasi faollari, ilg’or kasb egalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashining «Faxriy yorlig’i,» Nukus shahri hokimining «Faxriy yorlig’i,» Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining «Faxriy yorlig’i» hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashining «Faxriy yorlig’i» bilan taqdirlanib, ularga qimmatbaho esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.
O‘tkazilgan tadbir kasaba uyushmasi faollarining kayfiyatiga ko‘tarinkilik bag’ishlab, ularning kelgusi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida yangi kuch-g’ayrat va ilhom bag’ishladi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bundan buyon ham har bir mehnatkashning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yo‘lida sidqidildan xizmat qilishda davom etadi.





Spelling error report
The following text will be sent to our editors: