O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi tomonidan “11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami arafasida “Yangi O‘zbekiston – Yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va muruvvat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi hodimlari va faollari bilan Respublika ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazidan xabar olindi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov hamda O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi Z.Paluaniyazovalar ishtirok etib, markazning tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi hamda davolanayotgan bolalarning xol ahvoli va sharoyitlari bilan yaqindan tanishib ular bilan suhbatlashdi.
Respublika ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 335 ta o‘ringa muljallangan bo‘lib, unda 416 nafar xodimlar faoliyat olib borilmoqda. Hozirgi kunda 210 nafar bolalar davolanmoqda.
Uchrashuv davomida tibbiyot markazining bir qator mehnatkashlariga kasaba uyushmalarining “Faxriy yorliq” hamda davolanayotgan bolalarga sovg’alar topshirildi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: