Jamoa shartnomasining yakunlariga bag’ishlangan mehnat jamoasining konferentsiyalari o’tkazilmoqda

Chimboy, Taxtako’pir, Kegeyli tuman tibbiyot birlashmalarida hamda 3 son Respublika tumanlararo ftiziatriya shifoxonasida 2021-2023 yil uchun qabul etilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi va 2023 yil uchun qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish bo’yicha mehnat jamoasining konferentsiyalari va umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybosыnova va kengash hisobchisi B.Sabirovlar ishtirok etdi.