Navro‘z bayrami – insoniylik, mehr-oqibat, muruvvat va mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni o‘z ichiga olgan qadimiy umumxalq bayramlaridan biri hisoblanadi.
Joriy yil 21 mart kүni Nukus shahri «Yoshlar markazi» hamda «Do‘stlik» kanali bo‘yida “Navro‘zni ulug’lash – insonni ulug’lashdir!” degan bosh g’oyasi ostida Navro‘z umumxalq bayramiga bag’ishlangan tantana va xalq sayili tashkil etilib, unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi, tarmoq kasaba uyushmalari kengashlari, birlashgan qo‘mita xodimlari va kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi.
Bayramda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan milliyligimiz timsoli bo‘lgan o‘tov o‘rnatilib, bayramga mos bezatildi, atirofida yoshi ulug’ va yoshlar bilan to‘la bo‘lishi bayram kayfiyatini paydo etdi. Keng dasturxonda bahor ne’matlari, milliy taomlar, har hil buyumlar ko‘rgazmasi yig’ilganlarga havola etildi.
Navro‘z – bu umrboqiy ma’naviy qadriyatlarni, xalq an’analarini va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bayramdir. U nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy va Janubiy Osiyoda, Kavkaz va boshqa mamlakatlarda keng nishonlanadi. Navro‘z bayrami ahamiyatini yo‘qotmay, kelajak avlodga ham ilmiy asoslarga va madaniy merosga boy bayram sifatida etkazish — xalqning mas’uliyati hisoblanadi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: