Kubok musobaqalari o‘tkazildi

Tibbiyot muassasalari xodimlarini jismoniy faolligini oshirish, salomatliklarini mustahkamlash, ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2026 yilning 20-oktyabr kuni Nukus shahrida erkaklar va xotin-qыzlar o‘rtasida sportning mini- futbol, shashka, shaxmat, stol tennisi turlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri hәmda O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi raisi kubogi” sport musobaqalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Kubok musobaqalari yakunida sportning mini-futbol turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida I o‘rinni O‘zbekiston shifokorlar Assotsiatsiyasы Qoraqalpog’iston bo‘limi, II o‘rinni Chimboy tuman sog’liqni saqlash bo‘limi, III o‘rinni Nukus shahar tibbiyot birlashmasi, ayollar o‘rtasida I o‘rinni Qorauzak tuman tibbiyot birlashmasi, II o‘rinni Sho‘manoy va III o‘rinni Mo‘ynoq tuman tibbiyot birlashmalari komandalari egalladi.

Shuningdek, sportning stol tennisi turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida I o‘rinni Taxiyatosh tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi S.Urazboeva, II o‘rinni Nukus shahar tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi mutaxassisi L.Alieva, III o‘rinni Qonliko‘l tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi D.Kuatova, erkaklar o‘rtasida I o‘rinni Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi hisobchisi A.Yuldashev, II o‘rinni Mo‘ynoq tuman tibbiyot birlashmasi shifokori S.Eshanov, III o‘rinni Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog’iston filiali hisobchisi I.Ametov, sportning shaxmat turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida I o‘rinni Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi M.Davletboeva, II o‘rinni Kegayli tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi G.Kadirimbetova, III o‘rinni Nukus shahar tibbiyot birlashmasi hamshirasi S.Kadirimbetova, erkaklar o‘rtasida I o‘rinni Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog’iston filiali shifokori J.Erimbetov, II o‘rinni Ellikqal’a tuman tibbiyot birlashmasi shifokori X.Durdiev, III o‘rinni Nukus shahar tibbiyot birlashmasi laboranti P.Xodjaxmetov, sportning shashka turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida I o‘rinni Qonlikul tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi N.Uzaqbaeva, II o‘rinni Taqiyatosh tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi K.Ametova, III o‘rinni Mo‘ynoq tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi I.Abullaeva, erkaklar o‘rtasida I o‘rinni Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Sh.Abduraxmanov, II o‘rinni Qorauzak tuman tibbiyot birlashmasi shifokori R.Jamuratov, III o‘rinni Qonliko‘l tuman tibbiyot birlashmasi feldsheri R.Toreevlar egalladilar.

Kubok musobaqalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi g’oliblari O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tegishli darajadagi diplom, medal va qimmat baho sovg’alari bilan taqdirlandi.

Kubok musobaqalarining har bir sport turi bo‘yicha g’oliblari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.