Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi sport bazasida O‘zbekistan kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan oliy va o‘rta-mahsus bilim yurtlarida ishlayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning shashka, darts va voleybol turlari bo‘yicha «Xotin-qizlar spartakiadasi» o‘tkazildi.
Spartakiadaga oliy va o‘rta-mahsus bilim yurtlaridan 7 komanda tarkibida 80 nafardan ortiq xodimlar ishtiroq etishdi.
Spartakiada yakunida:
I-o‘rinni Xo‘jayli Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi;
II-o‘rinni Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti;
III-o‘rinni 2 son Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi komandalari egalladi.
Shuningdek, Spartakiada musobaqalarida «Eng yoshi katta ishtirokchi», “Eng mohir ishtirokchi”, “G’alabaga bo‘lgan intilishi uchun”, “Eng yoshi kichik ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha g’oliblar aniqlandi.
Spartakiada yakunida g’oliblar O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining tegishli darajadagi diplomlari, medallari, kuboklari va qimmat baho sovg’alari, nominatsiyalar g’oliblari diplomlar va qimmat baho sovg’alar bilan taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: