O‘zbekiston suv sporti Federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalarni hәmda O‘zbekiston Suv sporti Federatsiyasining 2025 yil 18 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi konferentsiyada bir qator vazifalar belgilab berildi.

Ushba vazifa va topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2025 yil 21 fevral kuni O‘zbekiston suv sporti Federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, O‘zbekiston suv sporti Federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limi raisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi deputati U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi sport vazirligi mas’ul xodimi, O‘zbekiston suv sporti Federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limi ijrochi direktori A.Qalilaev va suzish bo‘yicha murabbiylar ishtirok etdi.

O‘zbekiston suv sporti Federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limi raisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi deputati U.Jalmenov, O‘zbekiston suv sporti Federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limining bugungi kungacha olib borilgan ishlari va suzish havzalari halatlari, shuningdek, suv sporti musobaqalariga tayyorgarlik darajasini yanada oshirish, sportchilarimizni musobaqalarga olib chiqish va sportga yoshlarni keng jalb qilish masalalar haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda, O‘zbekiston suv sporti Federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limining tashkilish va harakatlanish «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish masalalari belgilab olindi.

Shuningdek, suzish bo‘yicha o‘tkaziladigan chempionat kubogi musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda musobaqa natijalari bo‘yicha ma’sul etib O‘zbekiston suv sporti Federatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limiga Kudabergenov Islom Nitbayevich Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha bosh murabbiy va yoshlar murabbiy etib Matrzayev Javohir G’ayrat o‘g’li saylandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr mulohazalari tinglandi va o‘zlarining so‘rovlariga to‘liq javoblar berildi.