O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, Senator U.Jalmenov mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga etkazish, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy hayotni yoritishdagi jonbozligingiz, haqiqatni anglash va qaror qabul qilishda fuqarolarimizga ko‘mak beruvchi muhim omil ekanini alohida ta’kidlab soha vakillarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’min etish uchun zarur bolgan davlat boshqaruvi hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aynan mana shu kasb egalaridagi jonkuyarlik va fidoyilik timsolida koramiz.
Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda olib borilayotgan odilona va xalqparvar siyosatni targib etadigan qalam ahlining O‘zbekiston taraqqiyotidagi ulushi salmoqli, sharafli, xizmatlari esa samimiy ehtiromga loyiq.
Tadbir davommida televidenie, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan hamda yaqin hamkorlikda samarali ish olib borayotgan jurnalistlar munosib taqdirlandi.
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining el-yurt manfaati va Vatanimiz salohiyatini bundan-da yuksaklarga ko‘tarish, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ulug’vor g’oya va tashabbuslarning mohiyatini tezkorlik bilan xolis yoritish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatlari e’tirof etilgan mazkur tadbirda soha vakillari ham so‘z olib, mamlakatimizda Davlatimiz rahbari tomonidan jurnalistlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ularni yangi zafar va muvaffaqiyatlar sari ruhlantirayotganini alohida takidladilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: