Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi tarmoq tizimidagi To‘rtko‘l tumani 1-sonli kasb-hunar maktabida Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan mas’ullar yoshlarga shoirning hayoti va ijodi to‘g’risida keng turda tushuncha berdilar. Tadbirning badiy qismida esa iqtidorli yoshlar tomonidan milliy ko‘y-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: