Qatag’on qurbonlari xotirlandi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qatag’on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori G.Kojabaeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi apparatining Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri G.Tlepov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi boshlig’i M.Daulbaev, markazning professor-o‘qituvchilari va kurs tinglovchilari ishtirok etdi.

Tadbirda qatag’on davri va uning ayanchli oqibatlari, ushbu davrda qatag’onga uchragan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati haqida ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, qatag’on yillarida xalq, Vatan va adolat yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bag’ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbirda tarixiy yodgorlikni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida milliy g’urur va vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish hamda ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.