2026 yil 13 aprel kuni «Sog’lom tanda-sifatli tibbiyot» shiori ostida tibbiyot xodilari o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlaridan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi musobaqalari o‘tkazildi.
Sport musosbaqalarining ochilish marosimida Qoraqolpog’iston Respublikasi soqliqni saqlash vaziri o‘rinbosari B.Alimbetov, O‘zbekiston soqliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi L.Baybosыnovalar ishtirok etdilar.
Tibbiyot muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi sport musobaqalarida 230 ortik tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar.
Musobaqa g’oliblari Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining tegishli darajadagi diplomlari va kengash tomonidan tayorlangan baho sovg’alari bilan taqdirlandi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: