1997 yil Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan 12 iyun – “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” deb elon qilingan.
Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Nukus shahridagi «Turan» bolalar dam olish maskanida “Taraqqiyot aniq, ammo qilinadigan ishlar ko‘p: keling, sa’y-harakatlarni tezlashtiraylik!” shiori ostida tadbir o‘tkazilib, bunda dam oluvchi bolalar bilan Kengashning mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘lim mudiri P.Toremuratov, etakchi mutaxassisi E.Utepbergenov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi S.Sharipov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limchasi boshlig’i M.Daulbaev, O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasining sportning belbog’li kurash turi bo‘yicha chempionlari A.Joldasbaeva, K.Sherimbetova va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbirda Kengashning mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan 12-iyun-“Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni” haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Majburiy mexnat shuning ichida bolalar mehnatini to‘qtatish uchun olib borilgan ishlari asosida bir qator ijobiy natijalarga erishilganligi, shuningdek bolalar mehnati to‘qtatilganligini alohida taqidlab o‘tdi.
Shuningdek, A.Joldasbaeva va K.Sherimbetovalar uzlarining ushbu muffaqiyatlarga erishishda davlatimizda barcha sharoitlarning yaratilganligi, bunda yoshlarimiz tug’ri foydalana bilishi, birinchi navbatda yaxshi o‘qishlari, doimiy ravishda sport bilan shug’ullanishlari, bo‘sh vaqtilarini to‘g’ri tashkil etish kerakligini, ushbu ishlarda ota-onalar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ish olib borilishini aytib o‘tdilar.
12-iyun – “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni” ga bag’ishlanib bolalar orasida rasm chizish tanlovlari, sportning shashka, stol tennis turlaridan musobaqalar o‘tkazilib g’oliblarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining logotiplari tushirilgan fudbolka, kepka va diplom, qimmat baholi sovg’alar bilan mukofotlandi.
“Taraqqiyot aniq, ammo qilinadigan ishlar ko‘p: keling, sa’y-harakatlarni tezlashtiraylik!” shiori ostida tadbirlar Ellikqal’a tumanidagi “Oral bolalari”, To‘rtko‘l tumanidagi “Oq kabutar», Taxiatosh tumanidagi “Aydыn jol”, Mo‘ynoq tumanidagi “Oq kema”, Nukus shahridagi “Aral” bolalar dam olish maskanlarida o‘tkazildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: