2022 yilning 11 noyabr kuni Nukus shaxrida Respublika bolalar ftiziatriya sanatoriyasining majlislar zalida Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi bilan birgalikda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayramiga bag’ishlangan saltanatli kechasi bo’lib o’tdi.
Saltanatli kechani Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri Kurbanov Murad Ismailovich ochdi va olib bordi.
Bundan so’ng O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi Baybosыnova Lizaxan Allambergenovna so’zga chiqib, barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Tibbiyot sohasida samarali mehnat qilayotgan bir qator xodimlarga bayram munosabati bilan O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan “Fahriy yorliq”lar va qimmatbaho sovg’alar Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda topshirildi.
Shuning bilan birga sog’liqni saqlash tizimidagi samarali mehnati va “O’zbekiston kasaba uyushmasi kuni” bayrami munosabati bilan 3 nafar xodimga O’zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Kurortlar boshqarmasiga tegishli “YANGIYER”, “Tibbiyot xodimlari kүni” bayrami munosabati bilan esa 3 nafar xodimga “Umid Gulshani” sanatoriyasiga be’pul yo’llanmalar berildi.
Bayram tadbirida O’zbekiston vrachlar Assosatsiyasining Qoraqalpog’iston bo’limi tomonidan tizimdagi nuroniylarga va O’zbekiston Hamshiralar Assoatsiyasining Qoraqalpog’iston bo’limi tomonidan o’rta bug’indagi tibbiyot xodimlarga bayram sovg’alari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: