O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi mehnat inspektsiyasining, mehnat texnik-inspektori B.Utepbergenov va mehnat huquq-inspektori P.Tursinovlar, joriy yilning I-choragida O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasiga a’zo «Qo’ng’irot mintaqaviy temir yo’llar uzeli» (Qo’ng’irot MTU) UKda ishlovchi xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratish hamda mehnat munosabatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish sohasidagi ishlarning ahvolini o’rganish bo’yicha monitoringi o’tkazildi.
O’rganishlar bevosita ish joylarida mehnat muhofazasi borasida bugungi kundagi muammolar, takliflar yuzasidan ishchi va xizmatchi xodimlar bilan uchrashuvlar, suhbatlar olib borildi.
«Qo’ng’irot mintaqaviy temir yo’llar uzeli» (Qo’ng’irot MTU) UKga qarashli “Qo’ng’irot lokomativ deposi (TCh-7), “Qo’ng’irot temir yo’l masofasi (PCh-25), “Qo’ng’irot elektr masofasi (ECh-10), “Qo’ng’irot aloqa va signallashtirish masofasi (ShCh-11), “Qo’ng’irot vogon deposi (VChD-14) va “Yo’l xo’jaligi boshqarmasiga qarashli “Qo’ng’irot 279-sonli Yo’l mashina stantsiyasi” hamda “Qo’ng’irot Harbiylashtirilgan qo’riqlash otryadi da ishlovchi xodimlariga vazifalarini bajarish chog’ida mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlar talablariga rioya qilishi, yuk ko’tarish kran maslomalari o’z vaqtida nazorat ko’rigidan o’tkazilib borilishi, nosoz ko’rikdan utmagan moslamalardan foydalanmaslik, xodimlar ish vaqtida belgilangan maxsus kiyim, poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositlari bilan ishlashlari, korxonada navbatchi xodimlar, qarovullar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi, Qo’ng’irot MTU UKga (ob’ekt)larda birinchi, ikkinchi va uchinchi pag’onali nazorat ishlarini olib borish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish aptechkalari tashkil etish, aptechkada belgilangan barcha turdagi dori-darmonlar bilan ta’minlanishi, favqulotda holatda xodimlarning harakatlanish sxemasi karidorning ko’rinarli joyiga quyilishi, joylarda mehnatni muhofaza qilish ustidan rahbarlik nazoratni ko’chaytirish lozimligi va shunga oid boshqa me’yorlar talablari bo’yicha xodimlarga tavsiya va tushunchalar berildi.
O’tkazilgan jamoatchilik nazorati yakunlari bo’yicha ish beruvchilarga bajarilishi shart bo’lgan ko’rsatmalar berildi.
Ko’rsatmada belgilangan tadbirlarni bajarilishi inspektsiya tomonidan nazoratga olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: