12-iyun-“Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni”

1997 yil Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan 12 iyun – “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” deb elon qilingan.

Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Taxiatosh tumanidagi «Aydыn jol» bolalar dam olish maskanida “Bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatimizni bajaraylik!” shiori ostida tadbir o‘tkazilib, bunda dam oluvchi bolalar bilan Kengashning mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘lim mudiri P.Toremuratov, etakchi mutaxassisi E.Utepbergenov, Bolalarning dam olishini va sog’lomlashtirish tashkilashtirish Departamentining Qoraqalpog’iston boshqarmasi mutaxassisi M.Qarlыbaev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi S.Sharipov, O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi sportning karate turi bo‘yicha chempionlarы A.Kosherbaev, T.Ashirbekova va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda Kengashning mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan 12-iyun “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni” haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Majburiy mehnat shuning ichida bolalar mehnatini to‘qtatish uchun olib borilgan ishlari asosida bir qator ijobiy natijalarga erishilganligi, shuningdek bolalar mehnati to‘qtatilganligini alohida taqidlab o‘tdi.

Shuningdek, A.Kosherbaev va T.Ashirbekovalar o‘zlarining ushbu muvaffaqiyatlarga erishishda mamlakatimizda barcha sharoitlarning yaratilganligi, bunda yoshlarimiz tug’ri foydalana bilishi, birinchi navbatda yaxshi o‘qishlari, doimiy ravishda sport bilan shug’ullanishlari, bo‘sh vaqtilarini to‘g’ri tashkil etish kerakligini, ushbu ishlarda ota-onalar va keng jamoatchilik hamkorlikda ish olib borilishini aytib o‘tdilar.

12-iyun -“Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni” ga bag’ishlanib bolalar orasida rasm chizish tanlovlari, sportning shashka, shaxmat, stol tennis turlaridan musobaqalar o‘tkazilib g’oliblarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining logotiplari tushirilgan  fudbolka, kepka, va diplomlar bilan mukofotlandi.

“Bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatimizni bajaraylik!” shiori ostida tadbirlar Ellikqal’a tumanidagi “Oral bolalari”, To‘rtko‘l tumanidagi “Oq kabutar» bolalar dam olish maskanlarida o‘tkazildi.