Hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 23 noyabrda O’zbekiston Respublikasining O’RQ-648-sonli «O’zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to’grisida»gi qonun qabul qilindi. O’nga ko’ra, 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni deb belgilandi. Bu yangilik yurtimizdagi yarim milionndan ortiq kasaba uyushmalari a’zolari tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Davlatimiz rahbarining nodavlat va notijorat tashkilotlarga, shu jumladan, Bosh qomusimizda jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etilgan kasaba uyushmalariga bo’lgan e’tibori natijasida mana ikki yildirki mamlakatimizda 11 noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
11 noyabr – “kasaba uyushmalari kuni”ni belgilash doyrasida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz» g’oyasi doirasida shu yilning 7 noyabr kuni Qoraqalpog’iston davlat yosh tomoshabinlar teatrida respublika rahbarlari, mehnat fahriylari hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirokida konferentsiya va madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisining o’rinbosari R.Saparbaev tadbir ishtorokchilarini bayram kuni bilan tabrikladi
Shuningdek, tadbirda Senator, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federaiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi qo’mita raislari hamda vazirliklar ishtirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan bir qator faollar davlat mukofati bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga, “Ayollar daftari” tizimi samaradorligini ta’minlash hamda ayollarning muammolarini hal etishda o’zining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna ko’rsatgan mas’ullarni munosib rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiiyasi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi mahalla raisi” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Palvanova Fatima Maratovna – Chimboy tumani, “Berdaq” mahalla fuqarolar yig’ini raisi, “Eng yaxshi sektor rahbari” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Urumbaev Farxat Tursыnbaevich – Qonliko’l tumani Ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari, “Eng namunali ish beruvchi ayol” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Dauletiyarova Parshagul Muratbaevna -Qoraqalpog’iston Respublikasi nogironlar jamiyatiga qarashli «BERNINA NUKUS» shu’ba korxonasi direktori, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Ametova Jamila Janibekovna – Qo’ng’irot tumani, «Qoraqalpog’iston» shaharcha fuqarolar yig’ini hokim yordamchilarining hәr biri – 30 million so’m bilan shuningdek, tanlovlarning O’zbekiston Respublikasi bosqichining 2-o’rin g’olibi “Eng yaxshi Yoshlar etakchisi” Mambetyarova Ulbosin Musatdin qыzы – O’zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligi Qo’ng’irot tumani bo’limining “Mыngjarg’an” mahalla fuqarolar yig’inining yoshlar etakchisi hamda “Eng yaxshi hotin-qizlar faoli” tanlovlarning O’zbekiston Respublikasi bosqichining 1-o’rin g’olibi Nurimbetova Nargiza Davletbaevna – Beruniy tumani, «Qыzыlqala» ovul fo’qarolar yig’inining hotin-qizlar faoli Prezident sovg’asi avtomobil bilan taqdirlandi.
Tanlovlarning O’zbekiston Respublikasi bosqichining birinchi va ikkinchi o’rinni egallagan g’oliblarimiz haqiyqiy avtomobilni va avtomobil kalitlarini, 11-noyabr kuni Toshkent shahrida O’zbekiston kasaba uyushmalari Saroyida “O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bo’lib o’tadigan Bayram saltanatida topshiriladi.
Shuningdek, O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda aholi turmush darajasini oshirishga, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga hamda ularning salomatligini tiklashga, madaniyat va sportni rivojlantirishga, kasaba uyushmalari faoliyatidagi faolliklari uchun bir qator faollari hamda mehnat fahriylariga Fahriy yorliqi hamda sovg’alar, sho’ bilan birga, Kasaba uyushmalari stipendianti va sanatoriyaga bepul yo’llanmalari berildi.
Tadbir davomida san’atkorlar ijrosida kontsert dasturi bilan davom etti.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: