“Taxiatosh IES” AJning faollari bilan uchrashuv

11 noyabr —  O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami arafasida joriy yilning 5 noyabr kuni “Taxiatosh IES” AJda Senator, O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi U.A.Jalmenov va kasaba uyushmalari faollari bilan birgalikda stantsiyaning ishchi-xodimlar bilan uchrashdi hamda stantsiya faoliyati bilan tanishdi.

“Taxiatosh IES” AJ bosh direktori F.Xalilaev va kasaba uyushma ko‘mitasi raisi K.Abdullaevlar kelgan mehmonlarni stantsiya faoliyati bilan tanishtirdi.

Bugun yurtimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda, aholining ehtiyojmand qatlamini hamda mehnat jamoalari a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash ishlarida kasaba uyushmalarining o‘rni va ta’siri yuqori darajadadir. Buni ayni damda 827 nafar ishchi-xodim mehnat qilayotgan “Taxiatosh IES”AJ kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Stantsiyaning tsexlarida faoliyat olib boruvchi tsex kasaba qo‘mitalari raislari (ular 10 nafar) jamoa shartnomasi bo‘yicha tsexlardan saylangan 14 nafar vakil uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha qator o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2024 yil 10 oy davomida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida har yili kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat zahirasi uchun korxona mablag’lari hisobidan MXTEKM 2-baravarida pul mablag’i berildi, yubiley yoshiga etgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 16 nafar ishchi xodimlarimizga estalik sovg’a va pul mukofatlari berildi, 44 nafar faxriylarimizga, extiyojmand nogironligi bo‘lgan oyilalarga oziq- ovqat tarqatildi, 61 nafar  ishchi xodimlarga kasaba uyushma tomonidan sog’liklarini tiklash maqsadida moddiy yordam ko‘rsatildi.

2024 yilda korxonada ishlayotgan ishchi xodimlarni va ularning ota va onalarini sog’liklarini tiklash maqsadida “Kristal Resort” dam olish maskaniga 158  nafarini bepul dam olish yuborildi. Shu bilan birga sanatoriyalarda 25 nafar ishchi xodimlarni va ularning ota va onalarini dam olishiga erishildi.

2024 yil yil yozgi ta’til mavsumida Qoraqalpog’iston hududidagi “Oq kema” va Toshkent viloyatida joylashgan “G’azalkent ” bolalar oromgohida ishchilarining 87 nafar o‘g’il-qizlari oromgoxlarda dam oldirildi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi rejasiga muvofiq respublikada keng nishonlanadigan bayramlar oldidan korxonada shaxmat, shashka, milliy kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, voleybol, futbol, oilaviy sport, basketbol, stol tennisi bo‘yicha musobaqalari tashkil etildi.

Shu bilan birga, xodimlar o‘rtasida quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida zavodning bir qator mehnatkashlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining “Faxriy yorliqlar”i topshirildi.