Navoiy va Bobur merosi bebaho boylik

«Nukus xalqaro aeroporti» MChJda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludiga 540 yil to’lishi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib utdi. O’tkazilgan tadbir Nukus shahridagi Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli I.Yusupov nomidagi ijod maktabi o’qituvchi va o’quvchilari bilan hamkorlikda tashkillashtirildi. Tadbirni aeroport kasaba uyushmalari kengashi raisi R.X.Allaniyazov ochib berdi. So’ng ijod maktabi vakillari so’zga chiqib buyuk allomalarning hayoti va ijodi to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini gapirib o’tdilar. Allomalar hayot yo’li va ijodi bo’yicha tayyorlangan sahna ko’rinishlar, maktab o’quvchilarining Navoiy g’azallaridan ifodali o’qib berishlari va boshqa kontsert dasturlari, chiqishlar bilan tadbir davom ettirildi. O’tkazilgan tadbir har tomonlama qatnashchilarda va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg’otdi. Tadbir so’ngida aeroport rahbariyati bilan ijod maktabi vakillariga esdalik sovg’alar taqdim qilinib, tashakkur bildirildi.

Tadbirning bad’iy qismi yakunlangach, I.Yusupov nomidagi ijod maktabi o’qituvchi va o’quvchilari uchun Nukus xalqaro aeroporti hududiga sayohat tashkil qilindi. Bu uchrashuv o’quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.