11-noyabr “O‘zbekiston kasba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida 11-noyabr “O‘zbekiston kasba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarining maktabgacha va maktab ta’limi, oliy ta’lim muassasalaridan pedagog-o‘qituvchilar va tarbiyachilar hamda tuman kasaba uyushmasi bo‘linmasi kengashlari, boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, faollar uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari va mas’ullari ishtirok etdilar. Tadbir Respublika kengashi raisi R.Bedilov so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabriklagan holda bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, unga qaratilgan e’tibor, shuningdek mazkur jarayonlarda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g’risida batafsil ma’lumotlar berdi. O‘z navbatida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Shundan so‘ng Respublika kengashi raisi R.Bedilov va Respublika kengashining mas’ul xodimlari ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishgan va kasaba uyushmasi tizimida fidokorona ishlab kelayotgan bir guruh tuman, shahar kasaba uyushmasi bo‘linmasi kengashlari va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirdilar. Shu bilan birgalikda tuman, shahar kasaba uyushmasi bo‘linmasi kengashlari va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlardan 20 nafari Respublika kengashining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi. Joylarda bayramona tadbirlar ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.