Sport musobaqalari o’tkazildi

14-yanvar “O’zbekiston Respublikasi Qurolli ko’chlarining 31 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo’linmasi kengashi tomonidan 2023 yil 21 yanvar kuni erkaklar o’rtasida sportning armrestling, tosh ko’tarish, basketbol setkasiga to’p tashlash, darts jamoaviy sport musabaqalari I.Yusupov nomidagi ijodiy maktabida tarmoq muassasalarida ishlovchi xodimlar o’rtasida musobaqa o’tkazildi.

Musobaqada 26 jamoa jami 130 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Armrestling sportidan:

1-o’rin 32-maktab;

2-o’rin 12-maktab;

3-o’rin I.Yusupov nomidagi ijodiy maktabi.

Tosh ko’tarish:

1-o’rin 32-maktab;

2-o’rin 12-maktab;

3-o’rin 31-maktab.

Basketbol savatiga to’p tashlash:

1-o’rin I.Yusupov nomidagi ijodiy maktabi;

2-o’rin 12-maktab;

3-o’rin 31-maktab.

Darts:

1-o’rin 24-maktab;

2-o’rin 12-maktab;

3-o’rin 17-maktab.

Jamoaviy hisobda:

1-o’rin 12-maktab;

2-o’rin I.Yusupov nomidagi ijodiy maktabi;

3-o’rin 32-maktab.

Musobaqa yakunida tashkilotchi tomonidan g’oliblar va sovrindorlarga diplomlar va qimmatbaho estalik sovg’alari topshirildi.