2024 yil 7 may kuni Qoraqalpog’iston san’at saroyida 12 may – «Xalqaro hamshiralar kuni» bayrami munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi bilan hamkorlikdagi bayram tadbirlari o‘tkazildi.
Bayram tadbirida sog’liqni saqlash sohasida faol mehnat qilayotgan, o‘z kasbining fidoyilari bo‘lgan bir qator o‘rta tibbiyot xodimlari O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Fahriy yorlig’i va qimmat baho sovg’alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, bayram tadbirida «Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi» tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi g’oliblariga Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashining hamkorlikdagi tegishli darajadagi diplomlari va kengash tomonidan tayyorlangan qimmat baho sovg’alari topshirildi.
Bayram tadbirida Qoraqalpog’iston estrada yulduzlari tomonidan namoyish etilgan kontsert dasturi barchaga hush kayfiyat bag’ishladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: