“Siz – O’zbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari to’g’risidagi qonuni” dan xabaringiz bormi?

“11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan Qoraqalpog’iston tibbiyot institutida institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha birinshi prorektori G.Xojametov bilan birgalikda institutda ta’lim olayotgan talabalar o’rtasida “Siz – O’zbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari to’g’risidagi qonuni” dan  xabardormisiz” mavzusida  viktorina o’yinlari o’tkazilib, viktorina o’yini g’oliblari va  faol ishtirok etgan talabalarga O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan  tayyorlangan sovg’alar topshirildi.

Viktorina yakunida Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti rektori, Senator O.A.Ataniyazova nutq so’zlab, o’zining ijobiy fikrini bildirdi.