2026-yil 22-may kuni Nukus shahridagi “Turon” bolalar sog’lomlashtirish oromgohida 2026-yil yoz mavsumida «Bolalarning yozgi dam olishini tashkil etishda hamkorlik, mas’uliyat va xavfsizlik – eng muhim ustuvor yo‘nalish» mavzusida Respublika hududiy komissiyasining o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qarori, Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonlari hamda Qoraqalpogiston Respublikasi hududiy komissiyasi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sog’liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, mahalliy hokimliklar va kasaba uyushma vakillari, shuningdek oromgoh direktorlar va katta tarbiyachilar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida:
bolalarning xavfsiz dam olishini tashkil etish;
oromgohlarda sanitariya va yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilish;
bolalarni xavfsiz tashish;
tibbiy xizmatlarni tashkil etish;
madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini mazmunli o‘tkazish;
“oromgohlar.uz” elektron platformasi orqali yollanmalarni ochiq va shaffof taqsimlash masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida mutasaddi vazirlik va tashkilotlar tomonidan mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi hamda amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qiydigan farzandlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularni oromgohlarda bepul dam o‘ldirish va sog’lomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha ham alohida vazifalar belgilab olindi.
Seminar yakunida barcha hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralarga yozgi sog’lomlashtirish mavsumini xavfsiz, mazmunli va yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: