Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimidagi maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi va tumanlardagi Kasblashtirilgan yong’indan qutqaruv qismlarida ishlovchi qutqaruvchilar o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha joriy yilning 3-noyabr kuni 11 noyabr “O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ga bag’ishlanib Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’ining ko’chma kubogi musobaqasi o’tkazildi.
Musobaqada jamoalar orasida yaxshi natijalarni ko’rsatgan Mo’ynoq tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limining 15-sonli Kasblashtirilgan yong’indan qutqaruv qismi 1-o’rin, Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi 2-o’rin va Qorauzak tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limining 6-sonli Kasblashtirilgan yong’indan qutqaruv qismi 3-o’rinni egalladi.
O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan musobaqa g’oliblariga ko’chma kubok, diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.
O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng ko’p top urgan o’yinchi” va “G’olib bo’lishga intilgan jamoa” nominatsiyalari bo’yicha diplomlar berildi.
11 noyabr “O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ga bag’ishlanib o’tkazilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’ining ko’chma kubogi musobaqasiga jami 19 ta jamoa 180 nafar xodimlar qatnashdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: