1 oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan joriy yilning 24 sentyabr kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi tarkibidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ishlayotgan pedagog xodim Chilpiq qo‘rg’oniga, Beruniy tumanida joylashgan Sulton Uvays bobo va Ellikqal’a tumanida joylashgan Kechirmas bobo, Narimjon bobo ziyoratgohlariga olib borildi. Dastlab ziyoratchilar Sulton Uvays bobo ziyoratgohiga borib, u erda qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. Shundan so‘ng Kechirmas bobo va Norimjon bobo ziyoratgohlarga ham tashrif buyurib, u erda ham qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.
Shuningdek, 25 sentyabr kuni umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari Qo‘ng’irot tumanidagi Dovud ota, Mo‘ynoq tumani hududida joylashgan Hakim ota ziyoratgohlariga borib, u erda qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Mo‘ynoq tumanidagi kemalar qabristoniga, tarix muzeyiga borib o‘zlariga boy ozuqa olishga erishdi.
Ziyoratchilarga ushbu tarixiy majmua qadamjolarining tarixi, buyuk shaxslar, ularning maqbaralari qachon barpo etilgani haqida mutaxassislar tomonidan keng tushunchalar berildi.
Tarixiy majmua qadamjolariga bo‘lgan ziyoratlar xodimlar qalbida katta taassurotlar qoldirdi.





Spelling error report
The following text will be sent to our editors: