11 noyabr O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan 2022 yil 9 noyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o’tkazildi.
Brifingni Qoraqalpog’iston kengashi raisining o’rinbosari M.K.Daniyarov ochib, Prezidentimiz O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2020 yilda bo’lib o’tgan VIII qurultoyi ishtirokchilarini bayram tabrigida 11-noyabrni O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida nishonlash taklifini bildirgan etib, “O’zbekiston kasaba uyushmalari kunini nishonlash to’g’risida»gi Nizom qabul qilingani va bu xabar kasaba uyushmalari a’zolari mamlakatimizda katta xursandchilik bilan kutib olinganligi hakida aytdi.
So’ng respublikamizdagi ommaviy axborot vositalari vakkilarini kasaba uyushmalarining olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida M.Q.Daniyarov joriy yilning o’tgan 10 oyida kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ularning oldida turgan muhim va mas’uliyatli vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollar berib, javob oldilar.
Shuningdek, ayni paytda O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlari tomonidan O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida shunday brifinglar o’tkazilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: