12-iyun-“Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni”

1997 yil Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan 12 iyun – “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” deb elon qiling’an.

Ushbu sana munosabati bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Nukus shahridagi “Aral” va “Turan” bolalar dam olish maskanida “Bolalarni bolalar mehnatidan, hozir har qachongidan ham ko’proq himoya qiling!” shiori ostida tadbir o’tkazilib, bunda dam oluvchi bolalar bilan Qoraqalpog’iston Kengashining mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’lim mudiri P.Toremuratov, O’zbekiston davlat  muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o’rinbosari S.Uteuliev hamda sportning og’ir atletika turi bo’yicha O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi chempioni E.Jannazarovlar ishtirok etdi.

O’tkazilgan tadbirda chiqib gapirganlar, uzlarining ushbu muffaqiyatlarga erishishda mamlakatimizda barcha sharoitlarning yaratilganligi, bundan yoshlarimiz tug’ri  foydalana bilishi, birinchi navbatda yaxshi o’qishlari, doimiy ravishda sport bilan shug’ullanishlari, bo’sh vaqtilarini to’g’ri tashkil etish kerakligini va ushbu ishlarda ota-onalar va keng jamoatchilik hamkorlikda ish olib borishini alohida ta’kidlab o’tdilar.

Bundan keyin 12-iyun -“Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni” ga bag’ishlanib bolalar orasida rasm solish tanlovlari, sportning shashka, stol tenis turlaridan musobaqalar o’tkazilib g’oliblarga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi va O’zbekiston davlat  muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan diplomlar va esdalik sovg’alar bilan mukofotlandi.

Shuningdek “Bolalarni bolalar mehnatidan, hozir har qachongidan ham ko’proq himoya qiling!” shiori ostida tadbirlar Mo’ynoq tumanidagi “Oq kema”,  Ellikqal’a tumanidagi “Oral bolalari”, To’rtko’l tumanidagi “Oq kabutar», Taxiatash tumanidagi «Aydыn jol» oromgohlarida o’tkazildi.