O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan “2025 yilda kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig’ilishlari va konferentsiyalarini o‘tkazish tartibi” mavzusida shu yilning 22 yanvar kuni o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda kasaba uyushma tashkilotlarining 2025 yildagi hisobot-saylov jarayonlarini o‘tkazish tartiblari, bu jarayonlardagi qonunchilik asoslari, tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yig’ilishlarni samarali o‘tkazish va demokratik tamoyillarga rioya etish bo‘yicha amaliyotlar muhokama qilindi.
Tadbirda kasaba uyushmalari faoliyatida shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash, xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi asosiy yo‘nalishlar, shuningdek, kasaba uyushmalari bilan hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi hamjihatlik masalalariga alohida urg’u berildi.
Seminarda boshlang’ich kasaba uyushma etakchilari va faollari ishtirok etishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: