Ellikqal’a tumani Aqchako‘l mahallasida joylashgan «Orol bolalari» oromgohida 2024 yil yoz mavsumini yuqori saviyada tashkil etish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha hududiy amaliy o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda hududiy komissiyasi a’zolari, kasaba uyushma Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi va faollari. tegishli vazirliklar, boshqarmalar, korxona, tashkilot rahbarlari, oromgoh rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etishdi. Seminarni Bolalarning dam olishini va sog’lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Qoraqalpog’iston boshqarmasi boshlig’i S.Oteuliev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Mazkur seminarda tegishli vazirlik va boshqarmalarning mas’ul xodimlari tomonidan ma’ruzalari tinglandi.
Hududiy semnar ishtirokchilar bilan birga, mavsum davomida barcha oromgohlarda bolalarning xavfsiz dam olishlarini ta’minlashga oid qoidalar, jumladan sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha qator vazifalar belgilanib olindi.
Seminar mobaynida Senator, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, Bolalarning dam olishini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo‘yicha hududiy komiyassiya boshlig’i o‘rinbosari U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining o‘rinbosari G.Abdusametova, Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari M.Shlimbetova va qator vazirlik, boshqarma mas’ullari o‘z bayonatlari bilan ishtirok etib borishdi.
Amaliy o‘quv seminarda o‘tgan yilgi ishlar tahlil qilinib, ulardagi kamchiliklarni qaytalamaslik uchun aniq aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib borildi.
Seminar ishtirokchilarning qiziqtirgan savol javoblar bilan davom ettirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: