O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 avgust kungi PQ-5227-son qaroriga asosan tashkil etilgan va Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi» mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasiga oliy ma’lumotli etuk kadrlarni tayyorlab berish maqsadida 2022-2023 o’quv yilida o’z faoliyatini boshlash belgilangan.
Akademiya faoliyatini tashkillashtirish, uni boshqarish, va 2022-2023 yillarda o’qishni boshlash maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022 yil 6 aprelda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ««Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi» faoliyatini tashkillashtirish to’g’risida»gi 6-83 «s» son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 7 bandi bilan, kasaba uyushma organlarining Akademiyada 2022-2023 o’quv yili uchun qabul boshlanganligini keng jamoaga targ’ibot qilish va oliy mutahassislikga ega kadrlarga muhtojligi bo’lgan xodimlarni o’qitishni rejalashtirgan tashkilotlar bilan ishlash belgilanganligi munosabati bilan, shu yilning 26 iyul kuni Qoraqalpog’iston Respublikasiga Akademiya o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori Atamatov Abduxalil Salomovich va Akademiya prorektori Mirzajonov Azim Xakimjonovichlar oliy ta’lim muassasalari, o’rta-mahsus ta’lim tashkilotlari vakillalri, xalq ta’limi vakillari, abiturentlar, kasaba uyushma faollari va yirik korxona va tashkilotlar vakillari bilan davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda Akademiyada bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-2023 o’quv yillari uchun kunduzgi ta’limning bakalavr yo’nalishiga abiturientlarning Akademiyaga hujjat topshirishi bilan bog’liq bo’lgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Shu bilan birga davra suhbati ishtirokchilari o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: