Shu yilning 14 mart kuni «O‘zsanoatqurilishbank»ning Qoraqalpog’iston mintaqaviy filialida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan muhokamasi hamda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining Hisobot-saylov yig’ilishi o‘tkazildi.
Mazkur yig’ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Aliev, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi R.Madreimov va tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri M.Atamuratovalar ishtirok etdi.
Tadbirda 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Amalga oshirilgan ishlar ko‘lami yig’ilish ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb baholandi.
Muhokama mobaynida “Jamoa shartnomasi – barqaror mehnat kafolati” mavzusida jamoa shartnomasining mehnat munosabatlaridagi o‘rni haqida bank xodimlariga batafsil ma’lumot berildi
Shuningdek, Kasaba uyushma tashkilotining 2020-2025 yil mobaynidagi faoliyatiga bag’ishlangan Hisobot-saylov yig’ilishida tashkilotning 5 yillik hisoboti tinglanib, ishtirokchilar tomonidan qoniqarli baholandi. Kun tartibida belgilangan barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: