BO‘ZATOVLI NURONIYLAR TOSHKENT SHAHRIGA YO‘L OLDI

So‘nggi yillarda mamlakatimizda keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g’amxo‘rlikni kuchaytirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ushbu ishlarda kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqda.

Kasaba uyushmalari tomonidan har yili keksalarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, rag’batlantirish, ularning madaniy dam olishlarini, tarixiy shahar va ziyoratgohlarga sayohatlarini tashkil etish hamda tizimdagi sanatoriylarda salomatliklarini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida yashovchi nuroniylarga Xorazm viloyatidagi «Xonqa» sanatoriysi hamda Toshkent shahridagi «Kohinur» sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar berilib, ularning maroqli dam olishlari tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Rafiqov Qudratulla Mirsagatovich tashabbusi bilan Bo‘zatov tuman hududidagi jami 28 nuroniylarni Toshkent shahridagi «Chinobod-Plaza» sanatoriyasida bepul sog’lomlashtirish uchun 27-iyul kuni tibbiyot xodimlari kuzatuvida Nukus temir yo‘l vokzalidan kuzatib qo‘yildi.

Nuroniylarni sog’lomlashtirishdan tashqari Toshkent shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlari hamda madaniy dam olish maskanlariga olib borishlari tashkil etiladi.