“Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan g’oya ostida o’tkaziladigan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”da tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida ayollar o’rtasida bir qator sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan barcha sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar o’rtasida sportning valeybol, shaxmat, shashka, darts va stol tennisi, stritbol turlari bo’yicha musobaqalari o’tkazilmoqda. Musobaqada jami 2285 nafardan ortiq ayollar qatnashdi va g’oliblarga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.
Hukumatimiz tomonidan ilgari surilayotgan barcha sohalardagi islohotlarni izchil amalga oshirishga, Vatanimiz taraqqiyoti, turmushimiz obodligi va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga, turli soha tizimida samarali faoliyat yuritayotgan hamda oilalar mustaqkamligini ta’minlashda o’z xissasini qo’shayotgan faol xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni e’zozlash, rag’batlantirish, na’munali kasbiy mahorati bilan barchaga o’rnak bo’lgan mehnat fahriylarini sharoflash sho’ningdek, kam ta’minlangan oilalarning holidan xabar olish maqsadida tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan jami 154 nafardan ayollarga qimmat baho sovg’alar hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan sog’liqni saqlash sohasida faol mehnat qilayotgan 3 nafar xodimga sog’liqlarini mustahkamlash uchun sanatoriylarga bepul yo’llanmalar berildi.
Bayram tadbirlari davom etmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: