Bolalarning qishqi ta’tili mazmunli tashkil etildi

Mo‘ynoq tumanida joylashgan “Oq kema” bolalar sog’lomlashtirish oromgohida 107 nafar bolajonlarning qishqi dam olish kunlari mazmunli, maroqli va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Bolalarning dam olishi bayramona kayfiyatda o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, har yilgi an’anaga muvofiq, ushbu qishki dam olish mavsumi Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumati qo‘llab-quvvatlovi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi bilan hamkorligida tashkil etildi.

Yangi yil bayrami shukuhi oromgohda hanuzgacha saqlanib, bolajonlar uchun turli qiziqarli va rang-barang madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, qo‘g’irchoq teatr jamoasining tomoshalari, “Qishki zakovat” intellektual o‘yinlari, bolalar o‘rtasida turli tanlovlar, ijodiy chiqishlar hamda sport va ko‘ngilochar mashg’ulotlar bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Qishqi ta’tilning o‘ziga xos gashti, kichik bo‘lsayam qorli manzaralar, bolalarning quvonchi va ko‘tarinki kayfiyati oromgohda alohida bayram muhitini yaratdi. Kor bobo va Kor qizlar bilan har kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari esa bolalarga bir olam tabassum va quvonch bag’ishladi.

“Oq kema” oromgohi jamoasi, ichki ishlar, milliy gvardiya, shifokorlar tomonidan har bir bolaning xavfsizligi, sog’ligi va mazmunli dam olishi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, qishki ta’til bolajonlar xotirasida iliq va unutilmas onlar sifatida muhrlandi.