Tarmoq xodimlari o’rtasida sog’lom turmush tarzni targ’ibot qilish, ularni sportga keng jalb etish orqali sportning ommaviyligiga erishish maqsadida 2023 yil 2 noyabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi sport bazasida sog’liqni saqlash xodimlari o’rtasida sportning mini-futbol turi bo’yicha 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasы Kengeshi kubogi” sport musobaqasi o’tkazildi.
Sport musobaqasiga tarmoq muassasalaridan 14 jamoa tarkibida 100 ortiq xodimlar ishtirok etdilar.
Musobaqa yakunida:
Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi jamoasi I -o’rinni;
Respublika qon quyish stantsiyasi jamoasi II- o’rinni;
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog’iston filiali jamoasi III- o’rinni egallashga erishdi.
Shuning bilan birga Kubok musobaqasida «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi hujumchi», «Eng yaxshi ishtirokchi», «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yaxshi o’yinchi», «Eng yaxshi himoyachi» nominatsiyalari bo’yicha g’oliblar aniqlandi.
Musobaqa va nominatsiya g’oliblari hamda musobaqada faol ishtirok etgan jamoalar O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tegishli darajadagi kubok, medal, diplomlar va baholi sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, musobaqani tashkil etishda yaqindan yordam bergan muassasalarga O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan baholi sovg’alar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: