O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligiga bag’ishlab «Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi» chora-tadbirlar rejasi doirasida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari Nukus shahar bo‘linmasi tarkibidagi ta’lim muassasalarida tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 23 aprel kuni Nukus shahar 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari to‘g’risida»gi, «Pedagogning maqomi to‘g’risida»gi qonunlari, «Mehnat kodeksi», «O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi»ning ahamiyati va mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda maktabning boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti a’zolari ishtirok etdi.
O‘quv-seminar ishtirokchilariga yuqorida qayd etilgan qonunlarning, kodeksning mazmun-mohiyati, xodimlarning munosib mehnat sharoitida ishlashida tutgan o‘rni, bugungi kunda xodimlarga yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar, ularni ijtimoiy himoya qilish sohasida olib borilayotgan ishlarga keng to‘qtalib o‘tildi.
Seminar davomida O‘zbekistonda kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligiga bag’ishlab tarixiy manbalarga tayangan holda tayyorlangan tarqatma materiallar ishtirokchilarga tarqatildi.
Shuningdek, ushbu maktabning huquqshunoslik asoslari fani o‘qituvchisi G.Imolatdinova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo‘yicha keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarga kodeksda qo‘shimcha kiritilgan o‘zgartirishlar haqida keng tushuncha berildi.
O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar savollar berib, o‘zlariga tegishli ma’lumotlar olib, seminarning mazmunli o‘tishida faollik ko‘rsatdi.
Shu kabi o‘quv-seminarlar, uchrashuvlar shahrimizdagi boshqa ta’lim muassasalarida reja asosida davom ettirib boriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: