O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 13-36/1 “s” sonli qarori va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 15-oktyabrdagi 17-15 “s” sonli qarorlaridagi belgilab berilgan vazifalarining bajarilishini ta’minlash maqsadida, 11-noyabr-“O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari un kunligi” shiori ostida 2024 yil 5-noyabr kuni Beruniy tumani Nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasining jami 55ta ishchi xodimlariga O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Shavkat Sardorovich Javlanov va O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Erg’ali Erjanovich Seytnazarov shuningdek O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Beruniy tumani kengash raisi Kamiljan Reimbaevich Xudikov bilan birgalikta madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkillashtirilib o‘tkazildi.
11-noyabr-“O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Shavkat Sardorovich Javlanov rahbarligida Beruniy tumani Nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasining nuraniyi E.Yuldashovga Toshkent viloyati “Yangi yo‘l” sanotiriyasiga bepul yo‘llanma taqdim etildi va shu bilan birgalikta bir qator ishchi xodimlariga sovg’alar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: