Bank xodimlari o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi

O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasidagi barcha bark xodimlari o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Musoboqada jami 117 ta xodim ishtirok etdi.

Qoraqalpoq davlat universitetining sport zalida o’tkazilgan musobaqaning final bosqichi natijasiga ko’ra, 1 o’rinni Markaziy bank Qoraqalpog’iston Respublikasi bosh boshqarmasi xodimlari, 2 o’rinni Hamkorban Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali, 3 o’rinni Kapital bank Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali xodimlari egalladi.

Shuningdek, 4 ta, «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi ximoyachi», «Eng yaxshi to’p urar» va «Eng yaxshi o’yinchi» nominatsiya bo’yicha o’yinchilar aniqlandi.

Musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritgan va qatnashgan jamoalar O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimiga O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi R.Madreymov qatnashdi.