O‘ZBEKISTON – BUYUK ALLOMALAR YURTI

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashida Ma’rifat soati tashkil etildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog’iston bo‘limi vakillari, Qoraqalpog’iston kengashi apparat xodimlari hamda kasaba uyushma faollari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Inson huhuqlari, davlat huhuqi va boshqaruv” kafedrasi dotsenti  Yuridik fanlari nomzodi X.Qabulov so‘zga chiqib, O‘zbekiston zamini qadimdan islom tamadduni rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug’ mutafakkirlar zamini ekani, allomalarimiz qoldirgan ilmiy-ma’naviy asarlar, qo‘lyozmalar islom tsivilizatsiyasida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Shu bilan birga, Yangi O‘zbekistonda ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng targ’ib etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, yurtimizdan etishib chiqqan buyuk allomalarning ibratli hayot yo‘llari va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, keng afkor ommaga etkazish va muhokama qilish tadbirning ustuvor maqsadlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir nihoyasida bildirilgan mavzular yuzasidan qizg’in muhokamalar o‘tkazildi. Taklif va mulohazalar tinglandi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.