Bolalarning qishki o’quv ta’tili maroqli va foydali o’tkazildi

2022 yil 2-9 yanvar kunlari oralig’ida bolalarning qishki o’quv ta’tilini maroqli o’tkazish maqsadida 7-14 yoshdagi 100 nafar bolalar uchun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli Mo’ynoq tumanidagi «Oq kema» oromgohida qishqi dam olishi tashkillashtirildi.

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2021 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan «Mening Prezidentim» ijodiy ishlar tanlovining III Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi shahar va tumanlar qatnashgan o’quvchilar bepul sog’lomlashtirildi.

Har bir kun mazmunli o’tish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib bolalarga bayram madaniyatini va bayramona kayfiyatini shakillantirish maqsadida ularning qiziqishlari va qobiliyatlari bo’yicha har xil to’garaklar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko’rik-tanlovlar, sport musobaqalari hamda kontsert dasturlari bo’lib o’tdi.

Oromgohda barcha qo’layliklar ega bo’lgan ma’naviyat-ma’rifat xonasi, boy kitob fondiga ega zamonaviy axborot-resurs markazi, kerakli asbop-uskunalar va eng so’ngi namunadagi ko’rgazmalariga ega to’garak xonalari bor bo’lib qishqi dam olish bolalarga juda mazmunli bo’lib o’tdi.