Joriy yilning 11 mart kuni «Ustyurt QBB» mas’uliyati cheklangan jamiyatida jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilish bo’yicha umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda 2021 yilda jamoa shartnomasining bajarilishi bo’yicha korxona direktori A.Seytmuratov, kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi U.Zivatdinov hamda tekshirish komissiyasi a’zosi A.Otebaevlarning hisobotlari tinglandi.
2021 yili yoz mavsumida korxonada ishlovchi xodimlarning 45 farzandlari “Oq-kema” va “Lochin” yozgi bolalarni sog’lomlashtirish maskanlarida dam oldirildi.
Ijtimoiy sug’urta hisobidan 6 ishlovchi xodimlarga 7 mln. 477.2 ming so’mga va kasaba uyushma byudjeti hisobidan 11 ishlovchi xodimlar va ularning oila a’zolari 29 mln. 105 ming so’mga sanatoriylarda imtiyozli ravishda sog’lomlashtirildi.
«Kasaba sayr» MChJ va «Mavlyuda» yakka tartibdagi turistik firmasi bilan hamkorlikda 2021 yil davomida 50 nafar xodimlarning Respublikamizdagi tarixiy shaharlariga shuningdek 130 nafar xodimlarning Qoraqalpog’iston Respublikasidagi diqqatka sazavor joylariga sayoxatlari tashkil etildi va ushbu maqsadlar uchun kasaba uyushmalaridan tomonidan 105 mln. 544 ming so’m mablag’ ajratildi.
Yig’ilishda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o’rinbosari M.Daniyarov so’zga chiqib bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyati, shuningdeg kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda oldimizda turgan vazifalar to’g’risida aytib o’tdi.
Yig’ilish yakunida yig’ilish ishtirokchilari tomonidan o’z-aro fikir olmashuvlar, savol-javoblar, takliflar va suhbatlar bo’lib o’tdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: