Bayram tadbiri ko’taringki ruxta o’tkazildi

11-noyabr «O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni» bayramini a’lo kayfiyatda kutib olish uchun O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo’limi kengashi tomonidan shu sohaning hamma boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari faollari uchun ilm dargohi hisoblangan Qoraqalpoq davlat universiteti turmushi, «Repressiya qurbonlari» muzeyi va Berdaq nomidagi qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeylari bilan tanishtirish boyicha sayohat tashkil qilindi.

Sayohatdan so’ng boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari faollari uchun universitet bazasidagi ovqatlanish shahobchasida shahar bo’limi kengashi tomonidan bayram dasturxoni yozilib, musiqali va ko’ngilochar kecha tashkil qilinib, ishtirokchilarga qimmatbaho esdalik sovg’alari berildi.

Kechada Senator, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o’rinbosari, Federatsiyaning Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov so’zga chiqdi va barchani bayram bilan tabrikladi.