TOVON PULI O‘NDIRILIB BERILDI

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Ferderatsiyasining mehnat inspektsiyasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Qorao‘zyak tumani tibbiyot birlashmasida 2013 yil bo‘lib o‘tgan ish vaqtidagi baxtsiz xodisa yuz berishi natiyjasida vafot etkan U.Qosekeevaning qaromig’ida qolgan 2008 y.t., farzandi U.Bazarbaevaga to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon pullari shu kungacha xisoblab to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2005 yilgi «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli etkazilgan zararni to‘lash qoidalarini tasdiqlash to‘g’risida» gi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan qoydolarning IV-bo‘lim 26-bandida Xodim mehnat jarohatiga bog’liq holda vafot etgan taqdirda, ish beruvchi marhumning qaramog’ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz, shuningdek o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga yoki marhum vafot etgan kungacha undan nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga, marhumning vafotidan so‘ng tug’ilgan farzandiga, shuningdek ota-onalaridan biriga, umr yo‘ldoshiga yoki oilasining ishlamaydigan va vafot etganning 3 yoshga to‘lmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralari parvarishi bilan band bo‘lgan boshqa a’zosiga zararni to‘lashi shart deb qayd etilgan.

Kasaba uyushmalari mehnat-texnik inspektorining say-xarakati tufayli U.Bazarbaevaga to‘lanishi kerak bo‘lgan 17 134 346 sum mablag’ tovon pullari Qorao‘zyak tuman tibbiyot birlashmasi xisobidan to‘lab berishiga erishildi, va fuqora mehnat inspektsiyasiga uz minnatdorchilik bildirdi.