«Oq kema» oromgohida hududiy seminar tashkil etildi

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Mo’ynoq tumanidagi «Oq kema» bolalar dam olish oromgohida «2022-yil – yozgi sog’lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada tashkil etish» mavzusida hududiy seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari o’rinbosari O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, Senator U.Jalmenov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili Transport, yo’l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o’rinbosari B.Sultonov, Mo’ynoq tumani hokimi B.Menglibaev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, sportni rivojlantirish vazirligining ma’sul xodimlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi barcha oromgohlar rahbarlari, tarbiyachilar, etakchi va oshpozlari, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan «Sog’lomlashtirish maydonchalari» faoliyatiga shahar va tumanlarning xalq ta’limi bo’limlaridan ma’sul xodimlar, O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi tashkiloti hamda shahar va tumanlari bo’limlari xodimlari, shahar va tuman hokim o’rinbosarlari, hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar.

Seminar qatnashchilari «Oq kema» oromgohida 2022 yil yozgi sog’lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari o’rinbosari Senator, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili Transport, yo’l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o’rinbosari B.Sultonovlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar bo’yicha tushunchalar berdi.

Shuningdek, seminarda yozgi mavsumni talablar darajasida har tomonlama puxta ishlangan rejalar asosida betalofat o’tkazish borasida Xalq ta’lim, ichki ishlar, Sog’liqni saqlash, Madaniyat va sportni rivojlantirish vazirliklari mas’ullarining ma’ruzalari tinglandi.

Bolalarning joriy yil yozgi sog’lomlashtirish mavsumini maroqli va mazmunli o’tkazishlari yuzasidan aniq chora va tadbirlar belgilab olindi.