7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni

Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti 1948 yil 7 aprel kuni tashkil topgan. Ushbu sana Jahon salomatlik kuni sifatida butun dunyoda bayram qilinadi, turli aktsiya va tadbirlar o‘tkaziladi. Xususan, yurtimizda ham keng aholi qatlamini qamrab oluvchi kichik marafon, sport musobaqalari tashkil etiladi.

Shuningdek, O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining davlat dasturining bajarilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining 2025 yilga muljallangan chora tadbirlar dasturiga muvofiq “7 aprel – Butunjahon calomatlik kuni” munosabati bilan yurish marafoni o‘tkazildi.

Yurish marafoni Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat san’at muzeyi atrofida tashkil etilib, unda 2000 dan ortiq korxona va tashkilotlarda ishlayotgan yoshlar faol ishtirok etishdi. Marafon yakunida ishtirokchilar ertalabki badan tarbiya mashqlarini birgalikda amalga oshirishdi.