“Hamshira-2024” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi

O‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash, mehnatda yutuqlarga erishib kelayotganlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ular faoliyatini ommalashtirish, o‘z kasbining mohir egalari o‘rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida 2024 yilning 25 aprel kүni “Hamshira-2024” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov yakunida 1-o‘rinni Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi X.Qazaqbaeva, 2-o‘rinni Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi A.Orыnbaeva va 3-o‘rinni Mo‘ynoq tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi A.Maxambetalievalar egalladilar.

Ko‘rik-tanlov g’oliblari Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining birgaliktagi tegishli darajadagi diplomlari va qimmat baho sovg’alari bilan taqdirlandi.