O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining 2023 yil 04 sentyabr kungi «2023 yilgi paxta yig’im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoitlar yaratib berilishi, mavsum davomida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo’l qo’ymaslik yuzasidan kasaba uyushmalarining jamoatchilik nazoratini tashkil qilish to’g’risida»gi 13-23 «s» sonli qarorining chora tadbirlar rejasiga muvofiq 2023 yil 13 sentyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining majlislar zalida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi shaxar va tuman kengash raislari, kasaba uyushma faollari, shuningdek O’zbekiston savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida «Paxta xomashyosi hosilini yig’ib-terib olishda terimchilarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga munosib mehnat sharoitlari yaratish borasida kasaba uyushmalarning asosiy vazifalari» mavzusida seminar o’tkazildi.
Seminarda O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha mas’ul tashkilotchisi E.Seytnazarov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashining mehnat-texnik inspektori B.Utepbergenov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashining mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’limi mudiri P.Toremuratovlar ishtirok etib, 2023 yilgi paxta yig’im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek mavsum davomida bolalar mehnati va mәjburiy mehnatga yo’l qo’ymaslik yuzasidan kasaba uyushmalarining jamoatshilik nazoratini tashkil qilish bo’yicha tushintirish ishlari olib borildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha vazifalar belgilanib, tegishli topshiriqlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: