«Barcha harakatlarimiz –Inson qadri uchun»

O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» umumxalq bayrami munosabati bilan insonlar salomatligi yo‘lida jonlarini fido qilgan tibbiyot xodimlari uchun Yodnomalar, sohada ko‘p yillar mehnat qilgan va hozirda nafaqada bo‘lg’an mehnat faxriylariga, shuningdek, kasaba uyushmalari faoliyatida ko‘p yillar ishlab ketgan kasaba uyushma faollariga Qadrnomalar tayorlash va bayram arafasida vafot etgan xodimlarning oila a’zolariga hamda nafaqadagi mehnat faxriylariga topshirish an’anaga aylangan.

Ushbu munosabat bilan 2024 yilning 03 may kuni O‘zbekstan kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi majlislar zalida O‘zbekstan kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog’iston kengashi raisi, senator U.Jalmenov va O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybosыnova bilan birgalikda tarmoq kasaba uyushmalarida ishlab ketgan bir qator kasaba uyushma faollariga Qadrnomalar topshirildi.